» » AQSh hukumati mablag‘ yo‘qligi tufayli faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi

AQSh hukumati mablag‘ yo‘qligi tufayli faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi


AQSh federal muassasalari Kongress 20-yanvar yarim tunga qadar mamlakat federal budjetini qabul qilolmagani uchun o‘z ishini to‘xtatdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Shu tariqa, hukumatni moliyalashtirish to‘g‘risidagi vaqtinchalik qonunning amalda bo‘lish muddati tugadi. AQSh vazirlik va muassasalari esa mablag‘ yo‘qligi tufayli faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Endi davlat idoralarining muhim vazifalarni bajarmaydigan barcha xodimlari vaqtinchalik haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqishi lozim bo‘ladi.

Bu 2013-yildan beri demokratlar va respublikachilar budjetning qator parametrlari bo‘yicha kelisholmagani tufayli hukumat ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan birinchi holat. O‘shanda AQSh hukumati 16 kunga faoliyatini qisman to‘xtatgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют