» » Hilol Nasimov Surxondaryoda 2002-yilda yuzaga kelgan tahlikali vaziyat haqida kino ishlamoqda

Hilol Nasimov Surxondaryoda 2002-yilda yuzaga kelgan tahlikali vaziyat haqida kino ishlamoqda


“O‘zbekkino” milliy agentligining buyurtmasiga asosan 6 kartina bo‘yicha suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xususan, rejissor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olinayotgan “Elparvar” nomli badiiy filmda o‘spirin yigitning buyuk ajdodlar jasoratidan faxrlanishi, uning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularining uyg‘onishi va bu yo‘lda ko‘rsatgan ezgu ishlari tasvirlangan.

Mazkur filmda Ubaydulla Omon, Yoqub Ahmedov, Yodgor Sa’diyev, Doniyor Xo‘jayev, Bunyod Rahmatullayev, Yigitali Mamajonov hamda Feruza Yusupova kabi taniqli aktyorlarni jalb etish mo‘ljallangan.

“Imom Iso at-Termiziy” nomli badiiy film muhaddis olim Abu Iso at-Termiziyning faoliyati, hayoti va ijodi bilan bog‘liq voqealar xususida hikoya qiladi. Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissor – Abduhalil Mengnorov, maslahatchi – Shayx Abdulaziz Mansur.

Rejissor Akbar Bekturdiyev tomonidan yaratilayotgan “Osmon og‘ushi” nomli badiiy filmda uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan yigitning o‘z maqsadiga yetishish yo‘lidagi jonbozliklari, muhabbati, armoni haqidagi voqealar Jizzax aviatsiya bilim yurti faoliyati fonida aks etadi.

“Islomxo‘ja” nomli badiiy-publitsistik film XX asr boshlarida Xiva xonining bosh vaziri, islohotchi Islomxo‘ja Ibrohimxo‘ja o‘g‘lining bunyodkorlik ishlari va uning murakkab hayot tarzi haqida hikoya qiladi. Kartinani rejissor Jahongir Ahmedov suratga olmoqda.

Yana bir shovshuvlarga sabab bo‘lishi kutilayotgan rejissor Zulfiqor Musoqovning “Berlin — Oqqo‘rg‘on” badiiy filmidir. Ssenariyda ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos siyosiy o‘yinlar fonida o‘zbek va yahudiy oilalarida kechayotgan voqealar o‘rin olgan.

Hilol Nasimov tomonidan yaratilayotgan “Yovqurlar” badiiy filmi 2002-yili Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida yuzaga kelgan tahlikali vaziyat va harbiylar ko‘rsatgan jasorat bilan bog‘liq voqealar haqida hikoya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют