» » KXDR delegatsiyasi 4 yil mobaynida ilk bor Janubiy Koreyaga keldi

KXDR delegatsiyasi 4 yil mobaynida ilk bor Janubiy Koreyaga keldi


KXDR delegatsiyasi Janubiy Koreyaga keldi. Ikki kunlik tashrif 4 yil mobaynida ilk bor amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi “RBK”.

Poytaxt Seulda bo‘lishga ulgurgan delegatsiya mamlakat sharqidagi Kanin shahriga keldi. 7 kishidan iborat delegatsiyani xonanda, Samjiyon orkestri va Moranbong guruhi rahbari Xen Son Vol boshqarmoqda. U Shimoliy Koreyadagi eng nufuzli ayollardan biri ekanligi bildirilmoqda.

Kaningda KXDR delegatsiyasi sahnani ko‘zdan kechirish, audiotizimni tekshirish, shuningdek, Janubiy Koreya vakillari bilan mamlakat badiiy jamoalarining Pxyonchxandagi qishki Olimpiadada ishtirok etishi bilan bog‘liq “boshqa sharoitlar”ni muhokama qilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют