» » Chilida Rim papasi tashrifidan so‘ng noma’lum kishilar yana bir cherkovga o‘t qo‘ydi

Chilida Rim papasi tashrifidan so‘ng noma’lum kishilar yana bir cherkovga o‘t qo‘ydi


Rim papasi Fransiskning mamlakatga tashrifidan so‘ng 20-yanvar, shanba kuni Chilining Pangipuli kommunasida noma’lum kishilar katolik cherkoviga o‘t qo‘ydi. Bu haqda ADN radiostansiyasi xabar qildi, deb yozadi “TASS”.

Cherkov binosi yong‘in oqibatida to‘liq vayron bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda. Hodisa joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar olovning qo‘shni turar-joylarga tarqalishi oldini olishga erishdi.

Politsiya surishtiruv olib bormoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular cherkov atrofida niqobdagi ikki kishini ko‘rgan.

Rim papasi 15-dan 18-yanvarga qadar Chilida bo‘ldi. Bu davrda respublika hududida noma’lum kimsalar tomonidan mamlakatning turli tumanlaridagi to‘qqizta cherkovga o‘t qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют