» » Namangan shahridagi markaziy shifoxonada avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirildi

Namangan shahridagi markaziy shifoxonada avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirildi


Namangan shahridagi tibbiy muassasalarda Respublikada birinchilardan bo‘lib “Elektron poliklinika” tizimi joriy etilgandi. Endi shahar markaziy shifoxonasida MedData avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Amalga oshirilgan loyiha bois shifoxonaning barcha bo‘limlari ish jarayoni lokal tarmoq orqali yagona tizimga birlashadi. Qabulxona, laboratoriya diagnostikasi va tekshiruvlar, davolash jarayonlari olib borilayotgan barcha bo‘limlarning faoliyatiga oid ma’lumotlar tarmoqda to‘liq ifodasini topadi.

Bundan bemorning o‘zi ham xabardor bo‘ladi. Ya’ni, davolanuvchi laboratoriyaga tekshiruv uchun qon topshirgan bo‘lsa, tahlil natijalari bemor yotqizilgan bo‘limdagi kompyuterda ko‘rinadi. Shifokorning bemorlarda olib borayotgan amaliyotini bo‘lim mudirlari nazorat qilib turadi.

Shunisi ahamiyatliki, bemorning kasalligi, uning davolanishi va muolajalar elektron xotiraga muhrlanadi. Ko‘p varaqli kasallik tarixlarini to‘ldirish shart emas, ma’lumotlar elektron baza xotirasida aks etadi. Natijada kasallik tarixiga oid hujjatlarni arxivdan izlashga hojat ham qolmaydi.

Kasalxona qabulxonasida bemorlar elektron bayonnomasining ochilishi fuqarolar oqimini tezlashtiradi. Shu bilan birga, shifoxonada davolanib chiqqan fuqarolarga sanoqli daqiqalarda “Kasallik tarixi”dan ko‘chirma beriladi. Vaholanki, ilgari bu kabi talablarni qondirish uchun uzoq muddat kutishga to‘g‘ri kelar edi.

Yangilikning afzal jihatlari juda ko‘p. Uni viloyat davolash-profilaktika muassasalarida izchil qo‘llashni tashkil etish maqsadida shahar tibbiyot birlashmasida “MedData AAT vositasida shifoxona bemori elektron tibbiy bayonnomasini yuritish usullari” mavzuida amaliy seminar uyushtirildi.

Namangan viloyatidagi yana 10 ta tibbiyot muassasida avtomatlashgan axborot tizimini joriy etish ustida ish olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют