» » “Real” 6 ta gol farqi bilan zafar quchgan o‘yinda O‘FF prezidenti Flarentino Peres bilan uchrashdi

“Real” 6 ta gol farqi bilan zafar quchgan o‘yinda O‘FF prezidenti Flarentino Peres bilan uchrashdi


O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniya La Ligasi doirasidagi “Real Madrid” — “Deportivo” uchrashuvini stadiondan kuzatib bordi. So‘nggi vaqtlarda tanqidlar yomg‘iri ostida qolib ketayotgan “Real” futbolchilari unda 7:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdan keyin Ahmadjonov “Real” prezidenti Flarentino Peres bilan ko‘rishdi. O‘FF prezidenti “Real” futbol akademiyasining faoliyatini o‘rganish uchun Madridga jo‘nab ketgandi. Tashrif davomida Ispaniya futbol federatsiyasining rahbariyati bilan ham O‘zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Keyinroq O‘FF vakillari Fransiya poytaxti Parijga borib, mamlakat futbol federatsiyasida mehmon bo‘ladi.

Ayni paytda “Real” futbol akademiyasi filialini Toshkentda ishga tushirish masalasi kun tartibida turibdi. Tomonlar o‘zaro kelisha olishsa, bu ish amalga oshishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют