» » Eronning eng yirik yangi harbiy kemasi ikkiga bo‘linib ketdi

Eronning eng yirik yangi harbiy kemasi ikkiga bo‘linib ketdi


Eronning eng yangi va yirik harbiy kemalaridan biri — Damavand fregati ikki qismga ajralib ketdi. Biroq mamlakat rasmiylari kema yengil shikastlanganini da’vo qilmoqda, deb xabar beradi “Sinxua”.

10-yanvar kuni Eron harbiy-dengiz kuchlarining Damavand fregati noqulay ob-havo sharoitida Kaspiy dengizida, Bandar—Enzeli port shahri yaqinida to‘lqinqaytargichga borib urildi. O‘sha kuni to‘lqinlar balandligi 4 metrga yetgandi.

Hodisa oqibatida 6 kishi bort ortida qoldi. Keyinchalik 3 dengizchi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, Damavand 100 metr uzunlik va 1300 tonna suv sig‘imiga ega. Fregat Eron harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 3 yil oldin kirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют