» » Praga markazidagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. 4 kishi halok bo‘ldi

Praga markazidagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. 4 kishi halok bo‘ldi


Chexiya poytaxti Praga markazidagi Eurostars David mehmonxonasida yuz bergan yong‘inda kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Alangalanish chog‘i u yerda 50 kishi — aksariyati chet ellik sayyohlar bo‘lgan mijozlar va mehmonxona xodimlari bo‘lgani bildirilmoqda.

Halok bo‘lganlar orasida Germaniya va Janubiy Koreyaning ikki fuqarosi bor. Yana ikki qurbonning shaxsi hozircha aniqlanmadi. 8 kishi kuyish va shikastlanish bilan kasalxonaga yetkazildi.

Yong‘inga mehmonxona sovutgichlari ishidagi nosozlik sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют