» » Peskov Putin va Poroshenkoning maxfiy uchrashuvlari haqida gapirib berdi

Peskov Putin va Poroshenkoning maxfiy uchrashuvlari haqida gapirib berdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning grafigidan har kuni matbuotga xabar berilmaydigan ko‘plab tadbirlar o‘rin oladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Shu tariqa u jurnalistning Rossiya yetakchisi oxirgi marta qachon ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko bilan uchrashganligi haqidagi savoliga javob berdi, deb yozadi “MK.ru”.

“Bu odatiy amaliyot. Prezidentning o‘nlab turli uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, bayonotlar, muzokaralar va hokazolardan tashkil topgan ish kunini ko‘rsangiz, bu prezidentning ish kuni shu bilan cheklanib qolishini bildirmaydi. U televizorda ko‘rsatilganidan ko‘ra ancha boyroq va mazmundorroq”, — dedi Kreml rasmiy vakili.

“Shu sababli, haqiqatan ham, biz OAVlarga oshkor qilmaydigan uchrashuvlar ham bo‘lib turadi”, — deb qo‘shib qo‘ydi Peskov. Putinda jurnalistlarga xabar qilinmagan telefon suhbatlari bo‘lish-bo‘lmasligi haqidagi aniqlashtiruvchi savolga matbuot kotibi tasdiq javobini berdi.

Shunisi qiziqki, oradan bir necha soat o‘tib, Peskov “TASS” uchun izohda OAV uning aynan Putin va Poroshenkoning uchrashuvi haqidagi gaplarini noto‘g‘ri talqin qilganligini aytdi. “Intervyuda men bunday uchrashuvlar bo‘lgani haqida aytmadim”, — dedi Peskov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют