» » Toshkentda LG Q6+ smartfoni 1,85 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

Toshkentda LG Q6+ smartfoni 1,85 mln so‘mdan sotuvga chiqdi


O‘zbekistonda LG G6 flagmanining soddalashtirilgan versiyasi sifatida tavsiflanadigan LG Q6+ smartfoni sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.

Telefonning asosiy o‘ziga xosligi — NFC-modul bo‘lib, u qurilmani Android Pay to‘lov tizimi orqali xaridlarga pul to‘lashda qo‘llash imkonini beradi. Bunda har safar himoya parolini kiritish kerak bo‘ladi, chunki ushbu mobil qurilmada barmoq izi skaneri mavjud emas.

Smartfon 5,5 dyuymli va 2160?1080 pikselli FullVision IPS-ekran, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 435 protsessori, 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.

Qurilma Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Toshkentdagi “Malika” savdo markazida LG Q6+ (32 Gb) 1 852 000 so‘mdan sotilmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют