» » AQSh Rossiyaning mukammal quroli qaysi ekanligini aytdi

AQSh Rossiyaning mukammal quroli qaysi ekanligini aytdi


Rossiyaning “Pansir-C” zenitli raketa-to‘p majmuasi (ZRTM) uchuvchisiz uchar qurilmalar ishtirokidagi yopirilma hujumlarni qaytarish uchun mukammal quroldir. AQShda bunga o‘xshagan hech narsa yo‘q, deb yozadi Amerikaning National Interest nashri.

Maqolada qayd etilishicha, Rossiya harbiylarining Suriyadagi harakatlari chog‘ida ushbu ZRTMlar raketa va uchuvchisiz qurilmalarni ko‘p bora urib tushirgan. Masalan, dekabda ular jangarilar tomonidan Xmeymim aviabazasiga uchirilgan ikkita raketani nishonga urgan.

Muallif ta’kidlashicha, harakat radiusi kichik bo‘lgani uchun, “Pansir-C” jurnalistlar tomonidan deyarli muhokama qilinmaydi. U, shuningdek, “Pansir” nafaqat raketa va dronlarni, balki pastlab uchayotgan samolyot va vertolyotlarni ham nishonga olishini qayd etdi.

ZRTM yuk mashinasiga joylashtiriladi. Uning ikkita 30 millimetrli zambaraklarining har biri soniyasiga 40 marta o‘q otishi, shuningdek, 12 ta zenitli raketa uchirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют