» » Shvetsiyaning Malmyo shahrida portlash yuz berdi

Shvetsiyaning Malmyo shahrida portlash yuz berdi


21-yanvar kuni kechqurun Shvetsiya janubidagi Malmyo shahrining Rozengord mikrorayonida joylashgan ofis binosi yonida portlash yuz berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Politsiya markazining hududiy markaziga Rozengordda portlash yuz bergani haqida bir nechta qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Hozirgi paytda jabrlanuvchilar haqida ma’lumot yo‘q”, — deyiladi xabarda.

Portlash oqibatida ofis binosining tashqi tomoniga zarar yetgan.

Hodisa sabablari hozircha noma’lum.

O‘z navbatida, Shvetsiyaning TT axborot agentligining aniqlashicha, portlash politsiya uchastkasi joylashgan ko‘chada yuz bergan.Mazkur hududda yaqinda ham portlash sodir etilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют