» » Seulda namoyishchilar Olimpiadada ishtirokiga qarshilik belgisi sifatida KXDR bayrog‘iga o‘t qo‘ydi

Seulda namoyishchilar Olimpiadada ishtirokiga qarshilik belgisi sifatida KXDR bayrog‘iga o‘t qo‘ydi


22-yanvar, dushanba kuni Seul markazida namoyishchilar KXDRning Pxyonchxandagi Olimpiadada ishtirokiga qarshilik belgisi sifatida uning bayrog‘i va mamlakat yetakchisi Kim Chen In suratiga o‘t qo‘ydi. Bu haqda YTN telekanali xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Norozilik namoyishi Koreya vatanparvarlarining o‘ta o‘ng partiyasi tomonidan tashkil etildi.

Aksiya ishtirokchilari vokzal binosida to‘plandi. “Pxyonchxan Olimpiadasi asta-sekin Shimoliy Koreya rejimi va yadro dasturini e’tirof etib, Kim Chen In nomidagi Olimpiadaga aylanmoqda”, — dedi namoyish ishtirokchilaridan biri.

Shundan so‘ng namoyishchilar Kim Chen In surati va KXDR bayrog‘iga o‘t qo‘ydi.

Namoyish uchun bejizga vokzal binosi tanlanmagan. Bugun, 22-yanvar kuni u yerga KXDR delegatsiyasi yetib kelishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют