» » AQSh Afg‘onistonga yana ming nafar harbiy xizmatchini yo‘naltirishni rejalashtirmoqda

AQSh Afg‘onistonga yana ming nafar harbiy xizmatchini yo‘naltirishni rejalashtirmoqda


Qo‘shma Shtatlar bahorda Afg‘onistonga ming kishidan iborat qo‘shimcha harbiy kontingentni yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 21-yanvar, yakshanba kuni AQSh Qurolli kuchlaridagi manbasiga tayanib The Washington Post gazetasi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Qo‘shimcha kuchlarni yuborish haqidagi buyruq hali AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis tomonidan imzolanmagan. Tashabbus yangi mavsumda toliblarga qarshi operatsiyalarni faollashtirishga qaratilgan.

AQSh Qurolli kuchlari Armiyasi shtabi harbiy rahbariyati kontingent sonini oshirishni qo‘llab-quvvatlagan. Ular hozirda qo‘shinlarning qaysi turdagi harbiy xizmatchilari Afg‘onistonga yo‘naltirilishini aniqlamoqda.

AQSh Afg‘onistonda 2001-yilning oktabridan buyon jang olib bormoqda. Bu mamlakatga, Pentagonning baholashicha, 680 milliard dollarga tushgan. Kampaniya davomida 2,35 ming amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, yana 20 mingdan ortig‘i yaralangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют