» » O‘zbekistonda qora guruchning yangi navi yaratildi

O‘zbekistonda qora guruchning yangi navi yaratildi


Toshkentlik tadqiqotchi tadbirkor Ravshan Asomitdinov bir necha yillik izlanishlari samarasida qariyb 0,7 gektarda tibet qora guruchini yetishtirib, O‘zbekiston sharoitida 500 kilogramm hosil oldi, deb xabar beradi O‘zA.

Kombayndan foydalanganda sholining sifatiga salbiy ta’sir bo‘lgani uchun sholini bandidan sifatli ajratadigan qo‘lbola uskuna ham yasaldi.

“Soha vakillarining ma’lum qilishlaricha, qora guruch antotsianin (kuchli antioksidant), B vitamini, niatsin, Y vitamini, kalsiy, magniy, marganets, temir va ruxga boy bo‘lib, qadimda faqatgina imperator dasturxoniga tortilgan. Pishirilganda siyohrangga kiruvchi bu guruchni iste’mol qilish oddiy xalqqa taqiqlangan”, — deyiladi xabarda.

Oqlanmasligi sababli, guruch o‘zida barcha darmondorilarni saqlab qoladi. Shuning uchun ham xitoyliklar qora guruchni kamqonlik, ko‘z kasalliklari, soch to‘kilishi, organizm qarishining oldini olish uchun iste’mol qilishadi. Bundan tashqari, mazkur navda oddiy sholiga nisbatan ikki barobar ko‘p oqsil va kletchatka bo‘lib, immunitetni ko‘tarish xususiyatiga ega. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, qora guruch parhezli mahsulotlar sirasiga kirib, u astmani keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni nobud qiladi, turli xil teri kasalliklari, shishlar, allergiyaning oldini oladi, ichaklarni tozalaydi.

Xabarda qayd etilishicha, tibet qora guruchi mahalliy oq guruch bilan changlanishi natijasida yangi guruch turi paydo bo‘lgan.

“Uning 317 donasi 6 gramm bo‘lib, hovlida ekib ko‘paytirishda davom etayapmiz. Agar bu avlod ham qora rangini saqlab qolsa, patentga topshirmoqchimiz. Nomini ham o‘ylab qo‘ydim, ‘Qora shahzoda‘ – ”Cherniy prins’, — deydi tadbirkor Ravshan Asomitdinov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют