» » Aqto‘bedagi fojiada halok bo‘lgan aka-ukalarning otasi: Tirikchilik deb yo‘lga otlangan pahlavon o‘g‘illarimdan ajraldim (video)

Aqto‘bedagi fojiada halok bo‘lgan aka-ukalarning otasi: Tirikchilik deb yo‘lga otlangan pahlavon o‘g‘illarimdan ajraldim (video)


O‘zbekiston FVV e’lon qilgan Aqto‘bedagi fojiada halok bo‘lganlarning to‘liq ro‘yxatiga namanganlik 31 nafar fuqaro kiritilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda. 

Ro‘yxatga ko‘ra, ulardan 20 nafari To‘raqo‘rg‘on, 8 nafari Kosonsoy va 3 nafari Uchqo‘rg‘on tumanidan.

Halok bo‘lgan kosonsoyliklarning barchasi tumandagi Chindovul qishlog‘idan. To‘raqo‘rg‘onliklarning 10 nafari tumanning Katta Qurama mahallasida yashagan. 

“10 nafar mahalladoshimizning fojiada halok bo‘lgani biz uchun katta zarba, og‘ir musibat bo‘ldi. Qurbonlarning oilalariga hokimlik va homiylar tomonidan barcha zarur yordam ko‘rsatilyapti”, — deya ta’kidladi Katta Qurama MFY raisi Ahmadali Musaboyev. 

“Pahlavon o‘g‘illarimdan ajradim. Ular tirikchilik uchun, oilamizga yordam bo‘lsin deb yaxshi niyat bilan Rossiyaga yo‘l olgandi”, — deydi mazkur mahallada istiqomat qilgan aka-uka Hamidullo va Habibullo Madrahimovlarning otasi.

Avval xabar berganimizdek, Namanganda viloyat hokimi boshchiligidagi maxsus komissiya ish olib bormoqda. To‘raqo‘rg‘onda halok bo‘lganlarning oilalariga 5 million so‘mdan mablag‘ ajratildi. Marhumlarni so‘nggi yo‘lga kuzatish tadorigi ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 15:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют