» » Qarag‘anda viloyatida 5 kishi o‘lik holda topildi

Qarag‘anda viloyatida 5 kishi o‘lik holda topildi


Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi qishloq uyida besh kishi halok bo‘ldi. Yana bir kishi behush holatda shifoxonaga yotqizilgan, deb yozadi “Kazinform”.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bunga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan. Bir guruh kishilarning o‘limi Qarag‘anda viloyatining Dubovka posyolkasida 21-yanvar 20:30 da somonli xom g‘ishtdan qurilgan bir xonali uyda sodir bo‘lgan.

Sinov yong‘in laboratoriyasi mutaxassislari taxminiga ko‘ra, zaharlanishga pech qurilmasidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Halok bo‘lganlardan uch nafari — 1961, 1981 va 1984-yillarda tug‘ilgan ayollarning shaxsi aniqlangan.

Boshqa halok bo‘lganlar shaxsi va hodisa vaziyatlarini aniqlash yuzasidan choralar ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют