» » Toshkentda sovuq suv uchun 100 so‘m miqdorida maxsus ustama hajmi tasdiqlandi

Toshkentda sovuq suv uchun 100 so‘m miqdorida maxsus ustama hajmi tasdiqlandi


Poytaxtda ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga bir kub metr uchun 100 so‘m miqdorida maxsus ustama hajmi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent hokimining 12-yanvardagi qaroriga tayanib Norma ma’lum qildi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.

Nashrning eslatib o‘tishicha, o‘tgan yili tashkil etilgan Turar joy-kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbalari sifatida ichimlik suvi xizmatlari tariflariga maxsus ustama belgilash ham kiritilgan edi.

“Hujjatda ushbu ustama aynan qaysi iste’molchilar guruhi uchun ekani ko‘rsatilmagan, bundan mazkur ustama ichimlik suvi xizmatlaridan foydalanuvchi barcha iste’molchilarga majburiy ravishda qo‘llaniladi, degan xulosaga kelish mumkin”, — deb yozadi Norma.

Shunday qilib, hisoblash uskunasi bo‘lgan taqdirda iste’mol qilingan har kub metr sovuq suv narxi fuqarolarga 600 so‘mga (xabar e’lon qilingan sanada tarif — 1 kub metr uchun 500 so‘m) aylanadi.

Hisoblash uskunasi bo‘lmagan taqdirda to‘lov oshirilgan 1,5 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda hisob-kitob qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют