» » Ispaniya soliq xizmati Shakirani soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilmoqda

Ispaniya soliq xizmati Shakirani soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilmoqda


Ispaniya soliq xizmati kolumbiyalik xonanda Shakirani soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilib, prokuraturaga murojaat etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

Gap bir necha million yevro atrofidagi summa haqida ketmoqda. 

Shakira va “Barselona” futbolchisi Jerard Pike o‘z munosabatlari haqida 2011-yili rasman e’lon qilgandi. Biroq xonanda faqat 2015-yilga kelibgina Ispaniya soliq idoralarida hisobga turdi. 

Soliqchilar Shakira shu tariqa 4 yil davomida, garchi bu vaqtda asosan mamlakat hududida istiqomat qilgan bo‘lsa ham, Ispaniyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganini gumon qilmoqda. 

Xonandaning vakillari esa u Ispaniyada soliq rezidenti hisoblanish uchun talab etiladigan 183 kundan kamroq bo‘lganini ta’kidlamoqda. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют