» » Qozog‘iston Afg‘onistonda terrorizm muammosini hal etish uchun tezkor choralar ko‘rishga chaqirdi

Qozog‘iston Afg‘onistonda terrorizm muammosini hal etish uchun tezkor choralar ko‘rishga chaqirdi


Qozog‘iston Afg‘onistonda terrorizm muammosini hal etish uchun tezkor choralar qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.

“Qozog‘iston ko‘p sonli tinch aholi, jumladan, xorijiy fuqarolar o‘limiga sabab bo‘lgan Kobuldagi Intercontinental mehmonxonasiga terrorchilik hujumini keskin qoralaydi. Qozog‘iston Afg‘onistondagi terrorizm muammosini tubdan hal etish uchun tezkor, kechiktirilmaydigan choralar qabul qilish zarur ekanligini ma’lum qiladi. Qozog‘iston Afg‘onistonning barcha siyosiy kuchlarini milliy yarashuv bo‘yicha muzokaralarni boshlashga chaqiradi”, — deyiladi Qozog‘iston TIV bayonotida.

Hujjatda Qozog‘iston BMT Xavfsizlik kengashi raisi sifatida Afg‘onistondagi vaziyatni normallashtirish, terrorizmni bartaraf etish va mamlakatni qayta tiklash uchun har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishda davom etishi ta’kidlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kobuldagi mehmonxonaga hujumda Qozog‘istonning 1978-yilda tug‘ilgan fuqarosi halok bo‘lganligi ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют