» » Afg‘oniston Qurolli kuchlari oxirgi sutkalar davomida 90 dan ortiq jangarini yo‘q qildi

Afg‘oniston Qurolli kuchlari oxirgi sutkalar davomida 90 dan ortiq jangarini yo‘q qildi


Afg‘oniston hukumat kuchlari oxirgi sutkalardagi maxsus operatsiyalar davomida kamida 92 jangarini yo‘q qildi, 44 nafari jarohat oldi. Bu haqda 22-yanvar, dushanba kuni mamlakat milliy mudofaa vazirligiga tayanib, Bakhtar agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Operatsiyalar milliy harbiy-havo kuchlari ko‘magida mamlakatning shimoliy (Faryob, Balx, Hirot, Qunduz), g‘arbiy (Farah, Nimroz), janubiy (Hilmand, Zabul, Qandahor), sharqiy (Lagman, Logar, Xost) va markaziy qismida (Uruzgan) amalga oshirildi. To‘rt nafar jangari qo‘lga olinganligi ta’kidlanmoqda.

Oxirgi vaqtlarda sharqiy va janubiy afg‘on viloyatlari, shuningdek, respublika shimolida ekstremistlar pozitsiyalarining kuchayishi kuzatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют