» » Avtobusda yongan amakivachchalarning bobosi: To‘ylarining kamchiliklarini to‘ldirar, degan maqsadda jo‘natgandik (video)

Avtobusda yongan amakivachchalarning bobosi: To‘ylarining kamchiliklarini to‘ldirar, degan maqsadda jo‘natgandik (video)


18-yanvar kuni Qozog‘istonda avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlik orasida yaqin qarindoshlar ham bo‘lgan edi.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Shohidon qishlog‘idan bo‘lgan amakivachchalar 19 yoshli Muhammadamin Husniddinov va 20 yoshli Shohrux Zokirov ham hodisa oqibatida qurbon bo‘ldi.

“Ota, men ham ishlab kelsam. Do‘st-birodarlarim ham ishlab kelyapti. Men ham borsam”, deb mendan so‘ragandi. “Xo‘p” dedim. O‘zining sog‘-salomat borib qaytib kelishini va o‘sha yerda do‘stlari qatori qo‘ldan kelgancha ishlashini, to‘ylarining kamchiliklarini to‘ldirar, degan maqsadda jo‘natgandik. Endi bunga sabr qilishdan boshqa ilojimiz yo‘q.

Qishlog‘imizdan to‘planib uch-to‘rt kishi ketgan bo‘lsa, to‘rtalasi ham o‘sha avtobusda bo‘lgan ekan.

Husniddin ota Isomiddinov, Muhammadamin Husniddinov va Shohrux Zokirovning bobosi

Husniddin otaning nevaralaridan tashqari yana ikki shohidonlik ham fojiali avtobusda bo‘lgan — Omonullo Rahmonov 20 yoshda bo‘lsa, Muhammadrizo Valiyev oktyabr oyida 21 ga to‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют