» » O‘zbek va turk kinoijodkorlari hamkorlikda “G?ne?im benim” serialini suratga oladi

O‘zbek va turk kinoijodkorlari hamkorlikda “G?ne?im benim” serialini suratga oladi


“Proart.uz” kompaniyasi hamda prodyuserlar Ruslan Mirzayev va Javlon Kamolov ijodiy jamoasi Turkiyaning Atyapim Film kinokompaniyasi bilan hamkorlikda  “G?ne?im benim” (Quyoshim mening) o‘tkir syujetli dramatik serialini suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prodyuser Ruslan Mirzayev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

“G?ne?im benim”  O‘zbekiston va Turkiya kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinadigan birinchi katta budjetli va keng qamrovli serialidir. Serial g‘oyasidan kelib chiqib, voqealar Turkiyada va O‘zbekistonning bir necha tarixiy shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Muhabbat, insoniylik, mehr-oqibat kabi boqiy tuyg‘ularni, milliy qadriyat va an’analarni o‘zida mujassam etgan mazkur serial, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi kino va seriallar borasidagi ijodiy hamkorlikning boshlanishida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Serialda taniqli turk va o‘zbek aktyor-aktrisalari ishtirok etadi. Aktyor va aktrisalar kasting orqali tanlab olinadi. Serialga aktyorlar tanlash yurtimizda fevral oyidan boshlashni rejalashtiryapmiz. Aktyor va aktrisalar kastingi bilan “Proart.uz” kompaniyasi shug‘ullanadi. Serialning asosiy suratga olish ishlari ham Turkiyada bo‘lib o‘tadi.

Aktyor va aktrisalarning kasting ishlari bilan “Proart.uz” kompaniyasi rahbari Javlon Kamolov shug‘ullanadi.

Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda Istanbulda serial bo‘yicha Atyapim Film kinokompaniyasi prodyuser va rejissorlari bilan ijodiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar qildik.  Serial ssenariysini mashhur  “Istanbullik kelin” serialining ssenariysi muallifi Ali Aydin hamda o‘zbek ssenaristlari birgalikda yozishni rejalashtiryapmiz.

Ruslan Mirzayev, prodyuser



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют