» » 11 oylik go‘dak tanasidan 15 ta igna topildi

11 oylik go‘dak tanasidan 15 ta igna topildi


Toshkent jarrohlari to‘qqiz soat davom etgan jarrohlik amaliyoti jarayonida 11 oylik bola tanasidan 12 dona po‘lat ignani chiqarib oldi. Bu haqda, Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti rektori, bolalar shoshilinch jarrohligi bo‘limi rahbari professor Habibulla Oqilovga tayanib, “Gazeta.uz” ma’lum qildi.

Go‘dak onasining so‘zlariga ko‘ra (oila Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashaydi), farzandi ikki oy davomida o‘zini yomon his etgan. Bola ko‘krak sutidan bosh tortgan, tana harorati ko‘tarilgan, 13?14-yanvar kunlari peshob chiqarish bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan.

“Urolog rentgen qilib, tanasida 15 ta igna borligini ko‘rdi. Bola Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filialiga yotqizildi, 15-yanvar kuni esa Toshkentdagi bosh markazga olib kelindi. Bir kunlik tekshiruv va tadqiqotlardan so‘ng 17-yanvar kuni bola qayta operatsiya qilindi”, — dedi Habibulla Oqilov.

Professorning ma’lum qilishicha, laparoskopiya (tig‘ bilan kesishlarsiz jarrohlik amaliyoti) o‘tkazilgan. Qorin qismidan jami to‘qqizta igna olingan, tahlillar natijasiga ko‘ra, ular bu yerda bir yarim oygacha vaqt davomida turgan.

“Ignalar atrofida tog‘aydan po‘stloqlar hosil bo‘lgan. Shuning uchun laparotomiya (qorin qismi organlariga borish uchun qorin devorini kesish) o‘tkazishga qaror qildik”.

Tananing bo‘yin, o‘pkalar va qizilo‘ngach oralig‘idagi qismi hamda siydik qopi devorlaridan ham yot jismlar olib tashlandi.

Bola tanasida yana uchta igna qolmoqda, ular go‘dak salomatligiga xavf tug‘dirmaydi. Ikki sababga ko‘ra operatsiyani tugatishga qaror qilindi, dedi Habubulla Oqilov:

“Birinchidan, bola hayotiga xavf tug‘dirayotgan joylardagi barcha ignalarni olib tashladik. Ikkinchidan, bola yoshi uchun bu juda katta operatsiya va anesteziologik jarohat. Shuning uchun vrachlar konsiliumi ushbu bosqichda tugatishga qaror qildi”.

“Bitta igna va boshqa ignaning bo‘lagi — ikkinchi qismi olib tashlangan — bevosita aortalar yoylari ortida joylashgan. Yana bir bo‘lak so‘nggi bo‘yin umurtqasida. Ular ko‘chmaydi”, — deya aniqlik kiritdi rektor.

Operatsiya to‘rt nafar jarrohdan iborat guruh bilan boshlandi, so‘ngra torakal jarroh, ikki nafar tomirlar jarrohi va uch nafar kardiojarroh taklif qilindi. Qolgan yot jismlar neyrojarrohlar tomonidan olib tashlanadi.

“Ignalar zarurat bo‘lsa olib tashlanadi. Bilamizki, qurol o‘qi 40?50 yil davomida inson tanasida qolgan holatlar ham bo‘lgan. Bularning barchasi o‘rganiladi, biz konsilium o‘tkazamiz va qaror qabul qilamiz”, — dedi Habibulla Oqilov.

“Jahon amaliyotida bunday holat kamyob hisoblanadi, tinch davrda esa bu kazuistika. Markazimizda barcha zarur uskunalar va mutaxassislar mavjud — bu bunday murakkab operatsiyani o‘tkazishga imkon berdi”, — deya ta’kidladi u.

Endoskopiya natijalari qizilo‘ngachda hech qanday asoratlarni ko‘rsatmadi.

“Bu bola ignalarni o‘zi yutmaganini ko‘rsatadi, ayniqsa bunday yoshda. Bu maqsadli ravishda amalga oshirilgan, muntazam ravishda, kimdir tomonidan. O‘ylaymanki, har bir igna bola terisi orqali alohida-alohida kiritilgan”, — dedi professor.

Ayni paytda go‘dak og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Jabrlanuvchi oilasida gapirar ekan, Habibulla Oqilov bolaning oiladagi yagona farzand ekanini qayd etdi. Bolaning otasi hozirgi kunga qadar Rossiyada ishlagan hodisa haqida eshitib uyga qaytgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, ichki ishlar organlari hamda Toshkent va Farg‘ona viloyati prokuraturalari bola tanasida ignalarning paydo bo‘lishi holati yuzasidan tergov ishini boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют