» » Umid Ahmadjonov Toshkentda “Real Madrid” futbol akademiyasi filialini ochish borasida kelishuvga erishdi

Umid Ahmadjonov Toshkentda “Real Madrid” futbol akademiyasi filialini ochish borasida kelishuvga erishdi


Ispaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov “Real Madrid” futbol akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashdi.

“Qirollik klubi” o‘ziga qarashli bo‘lgan va dunyoning boshqa chekkalarida joylashgan akademiyalarini Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida tartibga soladi. O‘FF va “Real” futbol maktabi direktorlari o‘rtasidagi suhbatda shu masala ko‘tarildi va uning O‘zbekistonda tadbiq etilishi kelishib olindi.

Dastur asosida Madriddagi akademiyada faoliyat olib borayotgan bir qator tajribali murabbiylar O‘zbekistonga keladi va mahalliy mutaxassislarga mashg‘ulotlarni qanday olib borish va qanday ishlash borasida master-klass o‘tab beradi. Ularning tajribasi bolalar bilan ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik yosh murabbiylarga as qotadi.

“Real Madrid” akademiyasidan tashrif buyuradigan murabbiylar O‘zbekistondagi futbol maktablarini Ispaniya tajribasi asosida yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi. Ularning yordamida yangicha uslubda mashg‘ulotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Umid Ahmadjonov Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan ko‘rishib, O‘FF ishini tartibga solish missiyasida ular bilan hamkorlik qilishga kelishib olgandi. Unga ko‘ra, bir qator o‘zbekistonlik mutaxassislar shu yilning mart oyida Ispaniyaga boradi va ish o‘rganadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют