» » 11-sentabr fojiasi chog‘ida Amerika havo hududida qolib ketgan O‘zbekiston samolyoti haqidagi filmni suratga olish ishlari yozda boshlanadi

11-sentabr fojiasi chog‘ida Amerika havo hududida qolib ketgan O‘zbekiston samolyoti haqidagi filmni suratga olish ishlari yozda boshlanadi


O‘zbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan “101-reys” filmining suratga olinish ishlari yozda boshlanadi, deb xabar beradi O‘zA.

“101-reys” badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boeing-767 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.

Film syujeti haqida:

Mudhish voqea oqibatida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga qarashli Boeing-767 yo‘lovchi samolyoti Shimoliy Amerikaning havo hududida qiyin vaziyatda qolib ketdi. Yoqilg‘i qolmaganligi sabab eng yaqin aeroportga ham yetib bora olmasligi oydinlashgan 101-reys kapitani Zarxo‘ja Saidazimov barcha mas’uliyatni zimmasiga olib, tavakkal qilishga qaror beradi. Biroq uni oldinda bundan-da tahlikali vaziyat kutib turgan edi...

Postanovkachi rejissor — Akrom Shohnazarov, bosh prodyuser — Ravshan Norboyev hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida tayyorlangan ushbu badiiy film “O‘zbekkino” milliy agentligining navbatdagi yig‘ilishida badiiy kengashi tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

“Filmda qatnashadigan aktyor va aktrisalar guruhi joriy yilning may oyida aniqlanadi, — dedi film prodyuseri R. Norboyev. — Yoz oylarida esa suratga olish ishlari boshlanadi. Undagi 90 foiz voqealar samolyot bortida olinishi kutilmoqda. Hozirda bu borada tayyorgarlik ishlari olib borilib, loyihaning bosh qahramonlari uchun nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 34) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют