» » Omsk yaqinidagi uyda yuz bergan yong‘in oqibatida 5 nafar asrab olingan bola halok bo‘ldi

Omsk yaqinidagi uyda yuz bergan yong‘in oqibatida 5 nafar asrab olingan bola halok bo‘ldi


Rossiyaning Omsk shahri markaziga yaqin joylashgan Sedelnikovo qishlog‘idagi ikki qavatli uyning yonib ketishi oqibatida oilaning besh nafar asrab olingan farzandi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “MK.ru”.

Oilada yetti nafar asrab olingan bolalar voyaga yetayotgan edi. Yong‘in oqibatida ikki qavatli uyning 120 metr kvadrat maydoniga zarar yetgan.

Hodisa sabablari hozircha noma’lum. Asosiy taxminlardan biri — yong‘in gaz portlashi oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Kunduz kuni xonadonga to‘ldirilgan gaz balloni olib kirilgani aytilmoqda.

Yong‘in oqibatida  6—10 yoshli opa-singillar, ularning 16 yoshli akasi, shuningdek 11—18 yoshli yana ikki qiz halok bo‘lgan.

Bolalarni asrab olgan ayol shifoxonaga joylashtirilgan. Uning ahvoli haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Ayolning turmush o‘rtog‘i va yana ikki bolaga zarar yetmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют