» » Toshkentdan propiskasiz uy sotib olish imkoniyati, tanasidan 15 ta igna chiqqan farg‘onalik go‘dak, Aqto‘bedagi fojia qurbonlarining yaqinlari fikrlari va kunning boshqa muhim xabarlari

Toshkentdan propiskasiz uy sotib olish imkoniyati, tanasidan 15 ta igna chiqqan farg‘onalik go‘dak, Aqto‘bedagi fojia qurbonlarining yaqinlari fikrlari va kunning boshqa muhim xabarlari


22-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun ko‘chmas mulk sotib olishga bo‘lgan cheklovlar bekor qilinadi. Prezident “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

2. Shavkat Mirziyoyev: Aqto‘bedagi voqeadan so‘ng butunlay o‘zgardim, endi boshqacha fikrlayman. Prezident ishtirokidagi Surxondaryodagi yig‘ilishning ba’zi tafsilotlari ma’lum qilindi.

3. Aqto‘bedagi fojiada halok bo‘lgan aka-ukalarning otasi: Tirikchilik deb yo‘lga otlangan pahlavon o‘g‘illarimdan ajraldim. Shohidonlik ota ham shu avtobusda yonib ketgan ikki nevarasi haqida fikr bildirgan.

4. Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarga bag‘ishlangan xayriyaning birinchi kuni 60 mln so‘mdan ortiq pul yig‘ildi. Ayni vaqtda davlat organlari To‘raqo‘rg‘onda halok bo‘lganlarning oilalariga 5 mln so‘mdan mablag‘ ajratgan.

5. FVV yaqin kunlarda Qozog‘istonga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklardan yo‘lovchi avtobusi va shaxsiy mashinadan foydalanmaslikni iltimos qildi. Masalan, kuni kecha Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar buzuq avtobusdan evakuatsiya qilindi.

6. 11 oylik go‘dak tanasidan 15 ta igna topildi. Farg‘onalik bu bolakay o‘z oilasining yagona farzandi. U hozir jonlantirish bo‘limida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют