» » Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi

Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi


O‘zbekistonga rasmiy tashrif  bilan kelgan Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Tomonlar muzokaralarda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyalar, turizm, transport-logistika sohalari, shuningdek, tranzit yo‘laklarni shakllantirish masalalarini muhokama qildi.

Delegatsiya 21-yanvar kuni Samarqand shahrida bo‘ldi. Dastlab Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi va uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Mehmonlar Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyoti yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirgan tarixiy shaxs ekanini ta’kidladi.

Delegatsiya a’zolari Shohi Zinda yodgorlik majmui, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydoni va boshqa tarixiy-madaniy maskanlarida ham bo‘ldi.

22-yanvar kuni Oliy Majlis Senatida Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Gruziya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv va muzokalar chog‘ida tomonlar parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishning holati, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va o‘zaro manfaatli boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ham tashrif buyurdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov gruziyalik hamkasbini qutlab, mamlakatda Harakatlar strategiyasiga muvofiq olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida ma’lumot berdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari muhokama etildi. Savdo-iqtisodiy sohadagi, eksport va import hajmini oshirish kabi loyihalarni hayotga tadbiq etish dolzarbligi ta’kidlandi.

Gruziya parlamenti tashrifi yakunlariga ko‘ra, Oliy Majlis va Gruziya parlamenti o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Irakliy Kobaxidze O‘zbekistondagi gruzin diaporasi vakillari bilan ham uchrashdi.

Gruziya parlamenti delegatsiyasi a’zolari Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, “Mustaqillik va ezgulik” monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 31) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют