» » Toshkent shahrida 21-yanvar kuni xavfsizlik kamari taqmaslik bilan bog‘liq salkam 1000 ta holati qayd etildi

Toshkent shahrida 21-yanvar kuni xavfsizlik kamari taqmaslik bilan bog‘liq salkam 1000 ta holati qayd etildi


Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 21-yanvar kuni yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 2453 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, 28 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 20 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 52 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 44 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 353 ta odam tashish qoidalarini buzish, 239 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 2 ta bo‘ysunmaslik, 994 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.

Jami 64 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют