» » Kinoaktyorlar versiyasiga ko‘ra 2017-yilning eng yaxshi filmi e’lon qilindi

Kinoaktyorlar versiyasiga ko‘ra 2017-yilning eng yaxshi filmi e’lon qilindi


“Ebbing chegarasidagi uchta bilbord, Missuri” filmi eng yaxshi aktyorlar tarkibi uchun AQSh Kinoaktyorlar gildiyasining bosh mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda mukofot saytida ma’lum qilindi.

Aktrisa Frensis Makdormand filmdagi roli uchun “Birinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” kategoriyasida g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, filmda suratga tushgan Sem Rokuell “Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi.

Gildiya “Og‘ir damlar” dramasida britaniyalik siyosatchi Uinston Cherchill rolini ijro etgan Gari Oldmanni yil aktyori deb topdi. “Tonya hammaga qarshi” kartinasida suratga tushgan aktrisa Ellison Jenni “Ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют