» » Qanday qilib yoshroq ko‘rinish mumkin? 5 ta oddiy usul

Qanday qilib yoshroq ko‘rinish mumkin? 5 ta oddiy usul


Mumkin qadar uzoqroq vaqtgacha yoshroq ko‘rinish uchun qimmatbaho davolash tadbirlarini amalga oshirish shart emas. Quyida ko‘rsatilgan maslahatlarga muntazam ravishda amal qilib ko‘ring — ular haqiqatan ham yordam beradi.

Hatto bulutli kunlarda ham biz quyosh nurlari ta’siriga yo‘liqamiz. Terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qilishning eng yaxshi usuli — SPF kremidan faqat ta’tilda emas, balki har kuni foydalanish.

Qo‘llar terisi holatiga qarab odamning yoshini, hayot tarzini va odatlarini bilish mumkin. Aynan shuning uchun qo‘llar terisini parvarish qilish juda muhim. Har kuni krem suring va teri qatlamining qurib qolgan zarrachalarini ketkazish uchun bir haftada bir marta skrab ishlating.

Sport tufayli yuzning rangi yaxshilanadi, terining rangparligi yo‘qoladi, hamma mushaklar tetiklashadi va kislorod bilan yaxshiroq ta’minlanadi. Odamning kayfiyati va ahvoli yaxshilanadi. Bu omillarning hammasi odamni ancha yilga yoshroq qilib ko‘rsatadi.

Tuz suvni ushlab turadi. Shu tufayli odam aslidagidan ko‘ra to‘laroq ko‘rinadi. Shishlar ayniqsa yuzda seziladi. Tuzni ortiqcha iste’mol qilish buyraklar uchun ham zararli. U bo‘g‘imlar harakatchanligining pasayishiga olib keladi va suyaklarni ancha mo‘rt qilib qo‘yadi.

Smartfon nafaqat bo‘sh vaqtimizni o‘g‘irlaydi, balki yoshimizning kattaroq ko‘rinishiga ham sababchi bo‘lishi mumkin. Biz telefon bilan o‘tirganimizda, boshimiz egiladi, bo‘ynimizda ajinlar paydo bo‘ladi. Bu ajinlar ancha chuqurlashishi va tanada butunlay qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun, gadjetlarni ko‘zingiz qarshisida tutishga harakat qiling.

Manba: Rambler Weekend



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 36) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют