» » Kaliningradlik erkak buvisiga sovg‘a qilish uchun echki o‘g‘irladi

Kaliningradlik erkak buvisiga sovg‘a qilish uchun echki o‘g‘irladi


Rossiyaning Kaliningrad viloyatida yashovchi erkak buvisiga sovg‘a qilish uchun echki o‘g‘irladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Politsiyaga 47 yoshli ayoldan hovlisidagi echki yo‘qolib qolganligi haqida shikoyat kelib tushgan. Aniqlanishicha, jinoyatchi kunduzi ayol ishda bo‘lgan vaqtda devordan oshib tushgan va echkini olib ketgan.

Politsiya gumonlanuvchining shaxsini aniqlagan. U qo‘shni qishloqda yashovchi muqaddam sudlangan 27 yoshli erkak bo‘lib chiqqan. Erkak o‘g‘irlangan echkini o‘zi bilan birga yashovchi ayolning buvisiga sovg‘a qilgan. Politsiya echkini ulardan olib qo‘ygan va u o‘z egasiga qaytarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют