» » Saratovda it tasodifan miltiq tepkisini bosdi va ovchini otib qo‘ydi

Saratovda it tasodifan miltiq tepkisini bosdi va ovchini otib qo‘ydi


Rossiyaning Saratov viloyatidagi Krasnokutsk tumanida it tasodifan Sergey Terexov ismli ovchini otib qo‘ydi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

OAVlar xabariga ko‘ra, Terexov itlarni mashina yukxonasidan tushirgan va ular o‘ynay boshlagan. Itlardan birining panjasi o‘qlangan miltiqning tepkisiga tegib ketgan, miltiqning qo‘ndog‘i yer tomonga, uchi esa ovchining qorin tomoniga qaragan edi. Shundan so‘ng Terexov jarohat bilan kasalxonaga olib ketilgan, biroq u yo‘lda vafot etgan.

Xabar qilinishicha, u o‘limidan oldin shifokorlarga bo‘lib o‘tgan voqeani aytib berishga ulgurgan. Tez yordamni ovchining akasi chaqirgan. Akaning ovda birga bo‘lgan yoki yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 00:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют