» » Shotlandiyada supermarketdagi robot o‘z vazifalarini bajara olmagani uchun “ishdan bo‘shatildi”

Shotlandiyada supermarketdagi robot o‘z vazifalarini bajara olmagani uchun “ishdan bo‘shatildi”


Shotlandiyaning Margiotta supermarketlar tarmog‘ida Pepper modelidagi Fabio ismli robot bir hafta davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida foydalanildi. Biroq robot bir haftadan so‘ng malakasizligi va mijozlarning xavfsirashi sababli ishdan bo‘shatildi, deb yozmoqda TJournal.

Pepper modelidagi robotlar turli sohalarda qo‘llaniladi. Fabio supermarketda xaridorlarga ma’lumot berishi, mahsulotlarni reklama qilishi va ularni qayerdan topish mumkinligini aytishi kerak bo‘lgan. Supermarket tarmog‘i egalari ta’kidlashicha, “birinchi emotsional robot” hisoblangan Pepper birinchi kunlarda hammani hazillarga va quchoqlash takliflariga ko‘mib tashlagan.

Biroq u asosiy vazifalarni uddalay olmagan. Robot ko‘plab savollarga umumiy va foydasiz javoblarni bergan. Supermarketdagi shovqin sababli u so‘zlarni farqlay olmagan va mijozlar savolni bir necha marta takrorlashga majbur bo‘lgan.

U go‘sht savdosida ham odamlardan ko‘ra ancha sekinroq ishlagan. Oxir-oqibat robotni ishdan bo‘shatishga qaror qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 01:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют