» » Tailanddagi 2 ta qishloqqa 3 mingta och qolgan maymun yopirildi

Tailanddagi 2 ta qishloqqa 3 mingta och qolgan maymun yopirildi


Tailandning Sisaket provinsiyasidagi ikkita qishloq qisqichbaqaxo‘r makakolar hujumidan zarar ko‘rdi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Yovvoyi maymunlar to‘dasi ovqat izlab, uylarga yopirilgan, narsalarni uloqtirgan, muzlatgichlarni ochib, yeguliklarni yerga to‘plagan. Bundan tashqari, ular atrofdagi ekinzorlarni ham payhon qilgan. Bosqinda uch mingdan ortiq maymun ishtirok etgan.

Och maymunlar ichkariga deraza va eshik orqali kira olmaganda, ventilyatsiya orqali kirishga harakat qilgan. Ba’zan tomlarda o‘lja uchun maymunlar orasida to‘qnashuvlar yuzaga kelgan. Natijada bir nechta uy zararlangan.

Mahalliy aholi buzg‘unchi maymunlarga tegmaydi va ular hududga sayyohlarni jalb qilishiga umid qiladi. Aholi hukumatni makakolar populyatsiyasining o‘sishini cheklashga chaqirmoqda, chunki ularning soni ko‘payib ketgani sababli an’anaviy ozuqa manbai tugab bitgan va maymunlar qishloqlarga bostirib kirishni boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют