» » Chevrolet Camaro’ga yana bitta “mexanika”ni qo‘shishadi

Chevrolet Camaro’ga yana bitta “mexanika”ni qo‘shishadi


Chevrolet kompaniyasi 6,2 litrli V8 benzinli dvigateliga ega Camaro kupesiga yana bitta mexanik uzatish qutisini qo‘shmoqchi, deb yozadi “Motor”. Hozirgi olti pog‘onali transmissiya bilan birgalikda, model uchun “Korvet”dan yetti pog‘onali uzatish qutisi ham taklif etiladi.

Camaro uchun yangi uzatish qutisi haqidagi ma’lumot Kaliforniya havo resurslari kengashi hujjatlarida topildi. U yerda kupe 6,2 motorli yagona versiyada taklif qilinishi ko‘rsatilgan. Bu esa 650 ot kuchiga ega ega ZL1 modifikatsiyasidan voz kechilishini bildirishi mumkin.

AQShda joriy Chevrolet Camaro 461 va 650 ot kuchiga teng ikkita V8 motori, 287 ot kuchiga teng V6 agregati, shuningdek, 300 ot kuchiga teng ikki litrli “turboto‘rtlik” bilan taklif qilinadi. Motorlar olti pog‘onali “mexanika” yoki sakkiz diapazonli “avtomat” bilan uyg‘unlashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют