» » Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan bir-birini qutladi 

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan bir-birini qutladi 


O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan ikki davlat rahbari bir-birlarini qutladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Belarus rahbari ikki davlat hamkorligi ko‘plab muhim yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Aleksandr Lukashenko “o‘zaro anglashuv, ishonch va hurmatga asoslangan davlatlararo amaliy muloqot bundan keyin ham mamlakatlarimizni barqaror rivojlantirish hamda belarus va o‘zbek xalqlarining farovonligi yo‘lida mustahkamlanib boraveradi”, deb ishonch bildirgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida mustahkam do‘stlik rishtalari, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash, umumiy manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston — Belarus hamkorligining bugungi darajasini yuksak qadrlanishini ta’kidladi.

“O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, uni aniq amaliy mazmun bilan boyitish uchun oldimizda hamkorligimizning mavjud salohiyatini to‘liq ishga solishdek muhim vazifa turibdi. Shu ma’noda, Sizning O‘zbekistonga tashrifingizni intizorlik bilan kutyapman. Bu bizga o‘zaro munosabatlarimizning barcha jihatlarini har tomonlama muhokama qilish, shuningdek, yaqin yillarga mo‘ljallangan hamkorligimizning istiqbolli yo‘nalish va loyihalarini belgilab olish imkonini berishi shubhasiz”, deyiladi davlat rahbari maktubida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют