» » Natalya Shagayda: Rossiya do‘konlarida O‘zbekiston meva-sabzavotlari bilan raqobatlashadigan mahsulot yo‘q

Natalya Shagayda: Rossiya do‘konlarida O‘zbekiston meva-sabzavotlari bilan raqobatlashadigan mahsulot yo‘q


Rossiya do‘konlarida O‘zbekiston meva-sabzavotlari bilan raqobatlashadigan mahsulot yo‘q. Bu haqda Rossiya xalq xo‘jaligi akademiyasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat siyosati markazi direktori Natalya Shagayda ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi” .

“Oldin O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni Rossiyaning uzoq shaharlariga olib kelishda katta muammolar bor edi. Chegara, bojxona va boshqa tekshiruvlar deganlaridek. Kichik xo‘jalik yoki xususiy tadbirkor buning uddasidan chiqishi qiyin edi.

Oxirgi yillarda O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish dasturi amalga oshirilmoqda. Buning uchun maxsus kompaniya ham tashkil qilingan. Endilikda fermer va xususiy xo‘jaliklar yagona texnologiya asosida yetishtirilgan mahsulotlarni bir joyga jamlab, katta partiya mahsulot to‘playdi. Bu esa uni muvaffaqiyatli eksport qilish imkonini beradi.

O‘zbekiston meva-sabzavotlari juda shirin va ertapishar. Aprelda qisman issiqxonalarda yetishtirilgan mahsulot yetkazib berilsa-da, ular baribir juda mazali. Bunday mahsulotlar bozorda o‘z xaridorini, albatta, topadi”, — dedi Natalya Shagayda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют