» » Qanday qilib tug‘uruq ta’tilida chiroyli ko‘rinish mumkin? Stilist maslahatlari

Qanday qilib tug‘uruq ta’tilida chiroyli ko‘rinish mumkin? Stilist maslahatlari


Onalar ko‘pincha tug‘uruq ta’tili vaqtida o‘zini noqulay his qiladi — odatdagi kiyimlar joniga tegadi, yangi kiyimlar olishga kuchi ham, vaqti ham bo‘lmaydi.

Tashvishlanmang, biz taniqli stilistlar bilan birga sizga asosiy liboslarni tanlashda yordam beramiz!

Xo‘sh, har doim didli va muvofiq ko‘rinish uchun har bir onaga nimalar zarur bo‘ladi?

Oddiy sidirg‘a rangdagi — oq/qora/kulrang/och jigarrang/yo‘l-yo‘l va yozuvli yoki rasmli ham bo‘lishi mumkin.

Garderobingizdagi boshqa kiyimlarga mos tushadigan ranglarni tanlang. V-shaklda yoki yumaloq o‘yilgan, bichimi to‘g‘ri, tanaga yopishib turmaydigan.

Uning o‘zini alohida, rubashka yoki jemperning tagidan kiyish mumkin.

Erkakcha uslubdagi bir nechta rubashka sizga xalal bermasligi aniq. Ular yubkalar bilan ham, shimlar bilan ham va jinsilar bilan ham juda mos tushadi.

Erkakcha uslubdagi to‘g‘ri bichimli pidjaklarni tanlang. Uni jinsilar, ko‘ylaklar va yubkalar bilan kiyish mumkin.

Variantlar: jinsi yubka, yubka-qalam, qalin trikotajdan to‘g‘ri bichimdagi yubka, qattiq gazlamadan yubka-trapetsiya, yubka-plisse.

Tarzi va bichimini ta’bingizga qarab tanlang. Lekin asosiy qoidani unutmang: agar oyoqlarni uzaytirish kerak bo‘lsa – bel qismi yuqoriroqda bo‘lgan modellarni, tanani uzaytirish kerak bo‘lsa – bel qismi pastroqda bo‘lgan modellarni tanlang.

Ko‘ylak-rubashka, denimdan tikilgan ko‘ylak, to‘g‘ri bichimli ko‘ylak. Tanaga yopishib turuvchi ko‘ylaklarni tanlamaymiz, chunki birinchidan — bu noqulay, ikkinchidan — hozir bunday ko‘ylaklar urfda emas.

Bunday ko‘ylaklar 2017—2018-yillar trendi hisoblanadi, ularni nafaqat tug‘uruq ta’tilidagi onalarga, balki hamma qizlarga ham tavsiya qilamiz.

Krossovkalar, chelsi, loferlar, qo‘pol botinkalar — hammasini kiyish mumkin! Asosiysi, baletkalar sotib olmang! Ular allaqachon urfdan chiqqan.

Manba: “Woman.ru”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют