» » Bugun O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Chempionatining finaliga chiqish uchun Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi

Bugun O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Chempionatining finaliga chiqish uchun Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi


Xitoy mezbonlik qilayotgan va hisob bo‘yicha uchinchi bor tashkil etilayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rasidagi Osiyo Chempionati bugun — 23-yanvar kuni yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Toshkent vaqti bilan 13:00 da birinchi finalchi nomini aniqlab berish uchun Qatar va Vyetnam termalari maydonga chiqib keladi. Qatarlik futbolchilar guruh bosqichida Xitoy, O‘zbekiston va Ummonni taslim qilgan bo‘lsa, chorak finalda Falastinni dog‘da qoldirgandi. Vyetnam esa guruhni 4 ochko bilan yakunlagan. Janubiy Koreyadan mag‘lub bo‘lgan jamoa, Avstraliyani taslim qilgan va Suriya bilan durang o‘ynagandi. Chorak finalda esa Iroq penaltilar seriyasiga ko‘ra ortda qoldirilgan.

16:30 dan boshlab O‘zbekiston va Janubiy Koreya termalari o‘rtasidagi bellashuv start oladi. Sport-TV uni jonli translyatsiya qilishni rejalashtirgan.

Koreyalik futbolchilar guruh bosqichida Suriya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lib, Avstraliya va Vyetnamdan ustun kelgandi. Chorak finalda esa ular Malayziyani turnirdan chiqarib yuborgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют