» » Rossiyada marshrutka haydovchisi hushidan ketganida, kollej o‘quvchisi yo‘lovchilarni qutqarib qoldi

Rossiyada marshrutka haydovchisi hushidan ketganida, kollej o‘quvchisi yo‘lovchilarni qutqarib qoldi


Rossiyaning Vladimir viloyatida 17 yoshli kollej o‘quvchisi haydovchisi hushidan ketgan yo‘nalishli taksi yo‘lovchilari hayotini saqlab qoldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Yigitning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 25-dekabr kuni, u marshrutkada ketayotgan paytda sodir bo‘lgan. Haydovchi hushidan ketgan, keyinroq aniqlanishicha, unda insult yuz bergan.

Haydovchining oyog‘i gaz pedalini bosib turgan, shu sababli avtobus yuqori tezlikda harakatlanib, boshqa mashinalarga turtinib o‘tavergan. Marshrutkada yigitchadan tashqari yana besh kishi, shu jumladan, yosh bola ham bo‘lgan.

Shunda kollej o‘quvchisi haydovchining yoniga sakrab o‘tib, uning oyog‘ini pedaldan olgan, so‘ng asta-sekinlik bilan tormoz pedalini bosgan. Avtobus yo‘l-yo‘lakay ustunga tegib ketgan, ammo hech kimga zarar yetmagan. Mahalliy ichki ishlar organi kollej o‘quvchisini minnatdorik xati va qimmatbaho sovg‘a bilan mukofotladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют