» » Toshkent viloyatida 300 mln so‘mlik tilla buyumlarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar ushlandi

Toshkent viloyatida 300 mln so‘mlik tilla buyumlarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar ushlandi


Firibgarlik jinoyati uchun bir necha bor sudlangan (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi Sh.Bakirov tegishli jazosini olib ham o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmadi, deb yozadi O‘zA.

2017-yil avgust oyida hududdagi Samarqand ko‘chasida yashovchi K.Sultonovaning ishonchini suiiste’mol qilib, aldov yo‘li bilan undan bahosi 300 million so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlarni olib, shu kunga qadar qaytarib bermay, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Sh.Bakirov ancha vaqt turli bahonalar bilan jabrlanuvchidan o‘zini olib qochar, telefon qo‘ng‘iroqlariga ham javob bermay yurdi. Shundan keyin firibgarning aldoviga chuv tushganini tushungan K.Sultonova ariza bilan shahar ichki ishlar idorasiga murojaat qildi. Ayblanuvchi tezda qo‘lga olinib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют