» » 11 oylik bola tanasidan 12 ta ignani chiqarib olgan shifokor: igna tanaga tashqi tomondan tiqilgan holatga birinchi marta duch kelishim

11 oylik bola tanasidan 12 ta ignani chiqarib olgan shifokor: igna tanaga tashqi tomondan tiqilgan holatga birinchi marta duch kelishim


UZ24 nashri 11 oylik chaqaloqning tanasidan 12 dona po‘lat ignani chiqarib olgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Bolalar jarrohlik bo‘limi mudiri, professor Habibulla Oqilov bilan intervyu uyushtirdi.

— Habibulla Ataullayevich, tanasida bir nechta ignalar borligi aniqlangan 11 oylik go‘dak ushbu markazda operatsiya qilingani rostmi?

— Ha, rost. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona viloyatidagi filiali shifokorlari tomonidan 11 oylik go‘dakning tanasida 15 dona igna borligi rentgen suratlaridan aniqlandi. Shundan so‘ng bola joriy yilning 15-yanvar kuni Toshkent shahriga olib kelindi. Bu yerda qaytadan rentgen qilinib, tekshiruvlardan o‘tkazilgach, 17-yanvar kuni bola operatsiya qilindi.

Operatsiya davomida ignalarning 11 tasi, ya’ni chaqaloqning bo‘yin, ko‘krak qafasida turib qolgan, hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ignalar olib tashlandi. Qolgan ignalarni olib tashlashni esa qon-tomir jarrohlari, kardioxirurglar bilan maslahatlashgan holda keyinroqqa qoldirdik. Bolaning ahvoli yaxshilanib, 3—4 yoshga kirganda ham operatsiyani qilish mumkin. Agar inson tanasidagi yot jism xalaqit bermaydigan joyda joylashgan bo‘lsa, u ko‘p yillar davomida beziyon turgan holatlar uchraydi.

— Hozir go‘dakning ahvoli qanday?

— Bemorlarning 3 ta darajasi bor: og‘ir, o‘rta og‘ir va o‘ta og‘ir. Chaqaloqning ahvoli o‘ta og‘ir darajada... Chunki operatsiyaning o‘zi 9 soat davom etdi. Katta odamlar ham 3—4 soatlik operatsiyani ko‘tarishi qiyin. Lekin, ko‘z tegmasin, bolada biroz bo‘lsa-da ijobiy o‘zgarish bor, analizlari normallashyapti. Operatsiyadan avval peshob yo‘q edi, hozir peshob kelyapti.

— Sizningcha, ignalar go‘dakning tanasiga qanday tushib qolgan?

— Biz avvaliga bola ignalarni yutib yuborgan, deya taxmin qilgandik. Lekin 8—9 oylik bola shuncha ignani birdan yutib yuborishi mumkin emas. Katta odam ham yutolmaydi buni. Yutgan taqdirda ham og‘iz bo‘shlig‘idan qizilo‘ngach orqali o‘tib ketgan bo‘lsa, qizilo‘ngachda albatta o‘rni qoladi. O‘tgan joyida yallig‘lanish protsessi bo‘ladi. Oshqozondan chiqib ketgan bo‘lsa ham, o‘rni qoladi. Lekin endoskopiya qilib ko‘rdikki, na qizilo‘ngachda, na oshqozonda igna o‘tgan joy yo‘q. Yana bir tomoni shundaki, ignalar qizilo‘ngachning yuqorisida ham, orqa tomonida ham turibdi. Demak, ignalar bola tanasiga tiqilgan, deb aytishimiz mumkin. Kim, nima maqsadda bu ishni qilgani esa biz uchun qorong‘i...

Bir narsani alohida qayd etishni xohlardim, butun dunyo bolalar xirurgiyasi amaliyotida bu kabi holat juda kamdan-kam uchraydi. To‘g‘ri, bundan avval yosh bolalarning turli o‘yinchoq qismlarini yutib yuborgan, u oshqozon va ichakni teshib o‘tgan holatlar bo‘lgan. Operatsiya yo‘li bilan ularni olib tashlab, sog‘lom hayotga qaytarganmiz. Lekin bunaqasi, ya’ni igna tanaga tashqi tomondan tiqilgan holat hech bo‘lmagan. Bizning markazimizda yaratilgan sharoitlar, malakali mutaxassislar tufayli murakkab operatsiyani amalga oshiroldik.

Nashr ma’lum qilishicha, Rossiyada ishlaydi deb aytilgan bolaning otasi, shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, hodisadan xabar topgach, Toshkentga yetib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют