» » Aqto‘beda halok bo‘lganlar qabrga qo‘yildi 

Aqto‘beda halok bo‘lganlar qabrga qo‘yildi 


23-yanvar, seshanba kuni tongda Namangan xalqaro aeroportiga Aqto‘beda halok bo‘lganlarning tobuti ortilgan FVV samolyoti kelib qo‘ndi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Samolyotda fojia qurboni bo‘lgan vodiyliklarning jasadi keltirildi. Ulardan 31 nafari Namangan, 16 nafari Farg‘ona va 2 nafari Andijon viloyati fuqarolari. Aeroportda uch viloyat hokimlari, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari hozir bo‘ldi. U yerdan nari tobutlar viloyatlarga olib ketildi.

Tobutlar avval qurbonlarning oilalariga yetkazildi. Vidolashuvdan so‘ng janoza namozlari o‘qildi. Namozlar ayrim joylarda masjidlarda, boshqa joylarda qabristonlarda ado etildi.

Shundan so‘ng marhumlar qabristonlarga qo‘yildi. Ulamolar ularning haqiga duo qildi. Hozirda marhumlarning xonadonlariga ta’ziya bildiruvchilar oqimi kelib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют