» » Sirdaryoda 220 nafar bemor hindistonlik shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Sirdaryoda 220 nafar bemor hindistonlik shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi


Sirdaryo viloyat hokimligi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan hindistonlik shifokorlarning viloyatga tashrifi tashkil etildi. Bu haqda Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

20-yanvar kuni Hindistonning Apollo klinikasidan onkolog, jarroh Shuaib Zaidi, plastik jarroh Shahin Nooreyezdan, bolalar urologi Sujit Choudxari, dermatolog Munir Ahmadlardan iborat shifokorlar guruhi Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Sirdaryo viloyati onkologiya dispanserida hindistonlik mutaxassislar tomonidan jami 220 nafar bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha zarur muolajalar va tavsiyalar berildi. Shu bilan birga hindistonlik mutaxassislar viloyat tibbiyot mutaxassislari bilan birgalikda onkologik kasalligi mavjud va plastik operatsiyaga muhtoj bo‘lgan 2 nafar bemorda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti (operatsiya) bajarilib, viloyat tibbiyot mutaxassislariga mahorat darslari o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют