» » Venkon yangi elektron hujjatlar almashuvi tizimni taqdim etdi

Venkon yangi elektron hujjatlar almashuvi tizimni taqdim etdi


Mamlakatimizda biznes jarayonlarini avtomatlashtiruvi sohasida faoliyat olib boradigan Venkon kompaniyasi 2018-yilning 18-yanvar kuni yangi Didox deb nomlangan elektron hujjatlar almashuvini ta’minlovchi tizimni ommaga taqdim etdi.

Ushbu servis xo‘jalik yurituvchi subyektlari orasidagi munsobatlarda muhim o‘rin egallovchi hisob-varaqalari almashuvi jarayonini soddalashtiradi. Endilikda, hisob-varaqalar almashuvini imzo chekilgan qog‘oz ko‘rinishda emas, balki elektron tarzda juda osonlik bilan amalga oshirish mumkin. Hujjatlar almashuvi bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha harakatlar Didox tizimida yuridik kuchga ega va qonun doirasida.

“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun asosida ishlaydigan ushbu tizim uch qadamda hujjatlar almashuvini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

1-qadam: Hisob-varaqaning shaklini to‘ldirish;

2-qadam: Elektron raqamli imzo qo‘yish orqali uning yuridik kuchini ta’minalash;

3-qadam: Didox tizimi orqali hamkorga yuborish.

Bu uch qadamni amalga oshirishga 3 daqiqa vaqt ketadi.

Didox tizimida barcha hujjatlarning saqlanishi va himoyasiga alohida e’tibor ajratilgan. Amaliyotlar maxsus bulutli tizmda olib borilishi hujjatlarni turli kutilmagan ofatlar yoki baxtsiz hodisalardan asraydi va foydalanuvchi qayerda bo‘masin, qaysi payt bo‘lmasin o‘z hujjatlaridan foydalanishi mumkin.

Hisobchilar uchun yana bir qulaylik shunda-ki, tizimdan foydalanuvchilar 1C dasturidan (www.venkon.uz) chiqmay turib, to‘g‘ridan to‘g‘ri hisob-varaqalarni yuborishi va qabul qilishi mumkin.

Tizim ixtirochilarning ta’kidlashicha, Didox tizimining foydalanuvchilari hujjat almashuvi jarayoninga sarf qiladigan xarajatlarni 85% gacha qisqartirishi mumkin.

Ushbu tizimdan foydalanishni hoziroq “Didox.uz”  sayti orqali boshlash mumkin.

Bugungi kunda, turli korxonalarda hamkorlar bilan hujjatlar almashuvi jarayoniga juda ham ko‘p vaqt va xarajat sarf etilishi hech kimga sir emas. Turli tadqiqodlarga ko‘ra, mutaxassislar to 50% gacha vaqtini turli hujjatlarni qog‘ozga ko‘chirish, qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarni izlash va hamkorlar bilan imzolash jarayoniga ketqazar ekan. Bundan tashqari korxonalar qog‘ozli hisob-varaqalarni hamkorlarga yetkazish va ularni imzolangan holatda qaytarib olish jarayoniga katta pul sarf qiladilar, ayniqsa, agar hamkorlar boshqa viloyat yoki shaharda joylashgan bo‘lishsa, bu ish yanada qiyinlashib boradi. Didox tizimi korxonalarni va hisobchi mutaxassislarni bu boradagi muammolarini hal etishga ko‘maklashadi.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют