» » Abdulaziz Komilov Xalqaro migratsiya tashkiloti delegatsiyasini qabul qildi

Abdulaziz Komilov Xalqaro migratsiya tashkiloti delegatsiyasini qabul qildi


23-yanvar kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda bo‘lib turgan Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) Yevropa va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha mintaqaviy katta maslahatchi Manfred Profazi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan XMT o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanish holati va istiqbollari muhokama qilindi.

“O‘zbekiston hozircha XMTga a’zo emas. Shunga qaramasdan tomonlar o‘rtasida konstruktiv muloqot o‘rnatilgani, O‘zbekiston ekspertlarining milliy manfaatlarimizga javob beruvchi tashkilot tadbirlarida faol ishtirok etayotganligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuvda barcha sohalarda, jumladan hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyor ekanligi tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют