» » Ukraina Rossiyaning Qrimdagi harbiy texnikani qaytarish haqidagi taklifini rad etdi

Ukraina Rossiyaning Qrimdagi harbiy texnikani qaytarish haqidagi taklifini rad etdi


Kiyev va Moskva Qrim maqomi va yarim oroldagi harbiy texnikani qaytarish masalasida muloqot qilayotgani yo‘q. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Gaaga konvensiyasining 53-moddasida qurol tinchlik o‘rnatilganidan so‘ng qaytarilishi belgilab qo‘yilgan. Qrim maqomi bilan bog‘liq biror masalada muloqotimiz yo‘q va biz siyosiy yoki yuridik mavqeyimizni zaiflashtirishmiz mumkin bo‘lgan hech bir ishga qo‘l urmaymiz”, — dedi Klimkin.

Shuningdek, Klimkin Ukraina harbiy texnikani qaytarish bilan bog‘liq rasmiy taklif olmaganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga Qrimdagi harbiy kemalar va samolyotlarni berishga tayyorligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют