» » Amerikalik erkak CNN redaksiyasini otib tashlash bilan tahdid qildi

Amerikalik erkak CNN redaksiyasini otib tashlash bilan tahdid qildi


Amerikaning Michigan shtatida CNN telekanali shtab-kvartirasiga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilgan mahalliy fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda WGCL-TV xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Erkak telekanal shtab-kvartirasiga 22 marta qo‘ng‘iroq qilgan va barcha xodimlarni otib tashlash bilan tahdid qilgan.

“Soxta yangiliklar. Barchangizni otib tashlayman”, — deya tahdid qilgan amerikalik qo‘ng‘iroqlarida.

Politsiyachilar qo‘ng‘iroq qiluvchi joylashgan joyni aniqlab, uni qo‘lga oldi. U hibsda saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp yolg‘on yangiliklar tarqatuvchi OAV reytingini tuzganligi xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют